Bizning missiyamiz
Yuridik xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy salohiyatni amaliyotga tatbiq etish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni zamonaviy, ishonchli va samarali huquqiy yechimlar bilan ta'minlash.
Biz haqimizda
TSUL CONSULTING — Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida tashkil etilgan Oʻzbekistondagi birinchi yuridik spin-off kompaniyasi boʻlib, ilm-fan, taʼlim va amaliyotni yagona platformada birlashtiradi.
Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF–232-son Farmoni bilan belgilangan yuridik taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish vazifalari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti Kengashining tegishli qarorlari asosida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi birinchi yuridik universitet spin-off kompaniyasi hisoblanadi.
Doirani bosing
Professionalizm — har bir masalaga chuqur tahlil va yuqori mas'uliyat bilan yondashamiz.
Ishonchlilik — mijozlarimizning manfaatlari va maxfiyligini ustuvor deb bilamiz.
Innovatsion yondashuv — ilmiy salohiyat va zamonaviy huquqiy yechimlarni uyg‘unlashtiramiz.
Sifat kafolati — har bir xizmat yuqori sifat standartlari asosida amalga oshiriladi.
Hamkorlik — uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni qadrlaymiz.
Yuridik xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy salohiyatni amaliyotga tatbiq etish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni zamonaviy, ishonchli va samarali huquqiy yechimlar bilan ta'minlash.
Oʻzbekistonda ilm-fan, ta'lim va amaliyotni birlashtirgan yetakchi yuridik konsalting kompaniyasiga aylanish hamda xalqaro standartlarga mos professional huquqiy xizmatlarni taqdim etish.